"O‘ztransgaz" AJ korxonalari Qarshi sanoat yarmarkasida qatnashmoqda
Uztransgaz
07.10.2022
Qarshi shahrida "Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" bo‘lib o‘tmoqda. O‘ziga xos platforma vazifasini o‘tayotgan ushbu muhim tadbirda "O‘ztransgaz" AJ tarkibiy tuzilmalari ham faol ishtirok etmoqda.
2023-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirishda Sanoat yarmarkasining salohiyatidan bozor mexanizmi sifatida foydalanish maqsadida korporativ brendbuk asosida stend dizayni ishlab chiqildi. Ko‘rgazmada "O‘ztransgaz" AJ tomonidan import qilinadigan va mahalliylashtirishga taklif etilayotgan mahsulotlar namoyishiga e'tibor qaratilgan.
"Urganchtransgaz" UK va uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan, shuningdek, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ham o‘rin olgan. Yarmarkada bu mahsulotlar uchun xaridorlar va munosib hamkorlar bilan shartnomalar imzolanmoqda.