jins

Uztransgaz

05.08.2024

Bugun videokonferensaloqa shaklida “O‘ztransgaz” AJ mas’ullari ishtirokida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi. Unda ikki nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Har ikki murojaat tashkilotda mehnat qonunchiligiga oid masalalarga tegishli ekani sabab, ularga amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’lumotlar berildi.

Bunday uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazilib, masalalarni tezkor hal etish va fuqarolarga dolzarb ma’lumot berish maqsadida amalga oshirilmoqda. "O‘ztransgaz" AJ shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga amal qilgan holda, kelib tushayotgan barcha murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqishni ta’minlashda davom etadi.


Возврат к списку