"O‘ztransgaz" AJ masʼullari murojaatchilarni qabul qildi
Uztransgaz
30.09.2025

Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan qabulda Samarqand MGQB gaz taqsimlash stansiyasi operatori ko‘p yillardan buyon oilasi bilan yashab kelayotgan xizmat uyini xususiylashtirish masalasida murojaat qildi. Murojaatchiga amaldagi tartibga ko‘ra davlat ishtirokidagi korxonalar mulki ochiq auksionda sotilishi lozimligi ma'lum qilindi. Ayni paytda yana kun tartibiga chiqqan bu kabi masalalar yuzasidan tegishli hujjat qabul qilingan taqdirda, ijobiy yechim topish mumkinligi tushuntirildi.

Zirabuloq MGQBdagi 3 nafar xodimning murojaatida ijtimoiy yordam va ishga joylashish masalalari ko‘tarildi. Murojaatchilarga "O‘ztransgaz" AJda shu yo‘nalishdagi mavjud holat haqida ma'lumot berildi. Ularning yechimi bo‘yicha yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar amalga oshirilishi bildirildi.

