“O‘ztransgaz” AJ Moliya bo‘yicha direktor (CFO) lavozimiga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
10.12.2024
I. Nomzodga qoʻyiladigan malakaviy talablar:
1) Oliy maʼlumotga ega boʻlish (diplom mutaxassisligi boʻyicha: moliya va kredit, buxgalteriya va hisob). “MBA” darajasiga ega boʻlgan talabgorlarga afzallik beriladi.
2) Yirik davlat korxona faoliyat yuritayotgan sohada moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bogʻliq bir yoki bir nechta boʻlimlarda kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlish. Nomzod moliya faoliyati sohasida kamida besh yillik ish tajribasiga ega boʻlish.
3) Strategik rejalashtirish koʻnikmalariga ega boʻlish.
4) Transformatsiya jarayonini boshqarish koʻnikmalariga ega boʻlish.
3) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar boʻyicha chuqur tushunchaga ega boʻlish.
5) Moliyaviy va operatsion risklarni aniqlash, baholash va boshqarish koʻnikmalariga ega boʻlish.
6) Loyiha boshqaruvi standartlari va metodologiyalari boʻyicha tushunchaga ega boʻlish.
7) ERP tizimlari boʻyicha tushunchaga ega boʻlish.
8) “Katta toʻrtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalarida ish tajribasiga ega boʻlish hamda “CIMA”, “ACCA”, “CFA”, “CIA” sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlarga afzalliklar beriladi.
II. Nomzoddan quyidagilar talab etiladi:
- korxonaning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish va uni sogʻlomlashtirish/barqarorligini oshirish yuzasidan reja ishlab chiqish;
- ikki oy muddatda korxonaning amaldagi moliyaviy holati boʻyicha kuzatuv kengashiga batafsil hisobot va xulosani va asosiy moliyaviy koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;
- moliyaviy xizmat tarkibiy boʻlinmasida kadrlar salohiyatini koʻrib chiqish va uni kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- xalqaro bozorlarda uzoq muddatli va arzon moliya manbalarini jalb qilish boʻyicha dastur ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish;
- biznes-reja ijrosini nazorat qilish va boshqaruv organlariga shaffof hisobot kiritib borish.
- Strategik va operatsion moliyaviy rejalarni, shu jumladan, uzoq va qisqa muddatli prognozlarni ishlab chiqish;
- Likvidlilikni boshqarish (likvidlilikni rejalashtirish va nazorat qilish);
- Investitsiya loyihalarini baholash va ustuvorlarini aniqlash amaliyotini joriy etish;
- MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etish va davr yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotlarni MHXS asosida tayyorlashni amaliyotini joriy etish.
Rezyume/anketalar 2024-yil 20-dekabrga qadar +998991 013-63-39 telegramga yuborilishi lozim.
Batafsil ma’lumot uchun +(99871) 202-10-60 (404), +998991 013-63-39 telefon (telegram) raqamiga ish kunlari soat 9:00-18:00ga qadar murojaat etish mumkin.