“O‘ztransgaz” AJ moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo‘llash borasida aniq vazifalarni amalga oshirmoqda
Uztransgaz
15.12.2021

“O‘ztransgaz” AJ tomonidan moliyaviy hisobot yuritishning xalqaro standartlari (MHXS) bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotga mustaqil auditorlik xulosasini olish uchun xalqaro audit o‘tkazilmoqda.
Aksiyadorlik jamiyati o‘z mablag‘lari hisobidan “Deloitte” auditorlik korxonasi bilan 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan MHXS asosida tuzilgan yig‘ma moliyaviy hisobotlarni mustaqil auditdan o‘tkazish uchun 2020-yil 12-oktyabrda shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida,
Deloitte – 1845-yilda Londonda faoliyatini boshlagan bo‘lib, konsalting, soliqqa tortish, audit va korporativ moliya yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, auditorlikka ixtisoslashgan “katta to‘rtlik”ka kiradi. Ayni paytda 150dan ortiq mamlakatda ofislari mavjud.
Qayd etish kerakki, bu turdagi auditni o‘tkazish "O‘ztransgaz" AJ zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli “Iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tizimini moliyaviy sog‘lomlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan yuklatilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2019-yil yakunidan boshlab, moliyaviy hisobotlar majburiy tartibda moliyaviy hisobot yuritishning xalqaro standartlariga muvofiq tuzilishi va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit o‘tkazilishi ta’minlanishi;
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ni qo‘llash hamda har chorakda faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish va e’lon qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda XMI/XHMT hamda xalqaro konsalting kompaniyalari ko‘magida 2024-yildan kechiktirmasdan ustav kapitallarida davlat ulushini 51 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda saqlab qolgan holda, mahalliy va xalqaro fond bozorlarida aksiyalarni birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish orqali “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘ztransgaz” AJga investorlar jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishi ko‘zda tutilgan.