“O‘ztransgaz” AJ "Ohangaron" kompressor stansiyasida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Uztransgaz
11.12.2024
Tadbir Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Toshkent viloyati bo‘yicha 2024-yil 4-choragi davomida tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan profilaktika tadbirlar reja-grafigi doirasida o‘tkazilgan seminarning asosiy maqsadi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya va baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalariga qaratilgan.

Seminarda ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash, qonunchilik talablariga rioya qilish va hodisalarning oldini olish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar bergan savollarga qo‘mita xodimlari tomonidan atroflicha javob qaytarildi.