jins

Uztransgaz

05.04.2023

Bugun "O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisi v.v.b Axadxon Isoqjonov jamiyat ijroiya apparatida shaxsiy qabul o‘tkazib murojaatchilarni tingladi. Qabulda 3 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.

Yurtdoshimiz S.Djaumutbaeva akasi U.Djaumutbaevni "Urgenchtransgaz" UK tasarrufidagi Qo‘ngirot tumani yoki unga yaqin masofada joylashgan korxonalardan biriga ishga qabul qilishda amaliy yordam so‘radi. Fuqarolar A.Tashmatov hamda N.Ibragimovalar esa o‘zlari "O‘ztransgaz" AJning Toshkent shahrida joylashgan korxonalaridan biriga ishga joylashish masalasida amaliy yordam so‘rab kelganini bildirdilar. Masalalarga bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida  tushuntirish berildi. 

Murojaatlar tegishliligi bo‘yicha masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. 





Hurmatli fuqarolar! "O‘ztransgaz" AJ rahbariyati va masʼullariga murojaatingiz bo‘lsa quyidagi manzilga va telefon raqamlariga bog‘lanishingiz mumkin.

Toshkent shahar, Yashnobod T. Shahrisabz k., 85a-uy

Murojaatlar uchun: +998 71 202-10-12, +998 71 202-10-60 (ichki 447)  +998 99 010 45 94

Возврат к списку