"O‘ztransgaz" AJ rahbari yoshlar bilan uchrashdi
Uztransgaz
01.07.2025
Boshqaruv raisi uchrashuvni samimiy tabrik so‘zlari bilan ochdi. Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan avlod vakillarini "Yoshlar kuni" bilan muborakbod etib, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbat davomida bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va modernizatsiya jarayonlarida yosh xodimlarining ishtiroki muhimligi, ertamiz egalari bo‘lgan mutaxassislardan umid katta ekanligi ta'kidlandi.

Ayni paytda Jamiyat tizimida 1000 nafarga yaqin yosh mutaxassislar faoliyat yuritmoqda. Uchrashuvda soha yoshlariga yaratib berilayotgan sharoitlar va bu borada kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar haqida to‘xtab o‘tildi. Jamiyat rahbari ularning bugungi kundagi faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar mavjud yoki yo‘qligi bilan qiziqdi. Jamiyat rahbariyati soha rivoji uchun kreativ va istiqbolli g‘oyalarni qo‘llab quvvatlashga har doim tayyorligini bildirdi.

"O‘ztransgaz" AJ yoshlari ham o‘z fikr va mulohazalarini va takliflarini bildirishdi. Samimiy suhbat tarzida o‘tgan uchrashuvda kelgusida ham bu kabi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.