jins

Uztransgaz

29.01.2026

Magistral gaz quvurlari tarmog‘ining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, joylardagi real holatni o‘rganish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita nazorat qilish maqsadida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bugun G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan qator muhim obyektlarda bo‘ldi.
photo_2026-01-29_12-55-13.jpg
Tashrif davomida jamiyat rahbariyati “Yangiyer–Toshkent” magistral gaz quvurining rejali ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan 1-kilometr uchastkasida bo‘lib, rejalashtirilayotgan tadbirlar bilan tanishdi. Aytish kerakki, ta'mirlash ishlari natijasida magistral gaz quvurining ishonchliligi ta’minlanib, ehtimoliy avariyaviy holatlarning oldi olinadi.
photo_2026-01-29_12-54-34.jpg
Shuningdek, “KS-3B” kompressor stansiyasining faoliyatini ko‘zdan kechirilib, texnologik jarayonlar, uskunalar holati hamda ishlab chiqarish intizomi bo‘yicha mas’ul mutaxassislar bilan joyida muloqot qilindi.

Bundan tashqari, “Yangiyer–Ohangaron” hamda “Xovos–Farg‘ona” magistral gaz quvurlaridagi gaz o‘lchash tarmoqlarida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ishlar, hisob-kitoblarning aniqligi va tizimning ishonchli ishlashi yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirildi.

Возврат к списку