"O‘ztransgaz" AJ rahbariyati joylarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda
Uztransgaz
23.08.2021
"O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosarlari magistral gaz quvurlari boshqarmalarida bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan Sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari J.Shamsiyev, ishonchli vakil M.Baratov Muborak va Kogon MGQBda Sayyor qabul o‘tkazgan bo‘lsa, Boshqaruv raisining o‘rinbosari A.Alimov Gazli MGQBga borib boshqarmada 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini bevosita o‘rganib chiqdi.

Muborakda o‘tgan sayyor qabulda 2 nafar, Kogonda 4 nafar fuqaroning murojaaati tinglandi. Bir nafar murojaatchining masalasi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar nazoratga olinib, ko‘rib chiqilmoqda.