“O‘ztransgaz” AJ rahbariyati Namangan viloyatidagi gaz ta’minoti obyektlarida bo‘ldi
Uztransgaz
29.01.2026
Aholini tabiiy gaz bilan ta’minlashdagi holatni joyida o‘rganish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash maqsadida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati Namangan viloyatidagi qator obyektlarda bo‘ldi.

Jarayon davomida “To‘raqo‘rg‘on-1”, “Namangan-1” hamda “Chodak” gaz taqsimlash stansiyalarida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Vodiy viloyatlarida tabiiy gaz ta’minotini barqarorlashtirish uchun yuqori bosimli tarmoqlardagi gazni past bosimli stansiyalarga yo‘naltirish orqali ehtiyojni qoplash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, “Namangan New City” hududini tabiiy gaz bilan ta’minlaydigan “So‘x–Namangan” yo‘nalishi hamda “Yangiqo‘rg‘on” gaz taqsimlash stansiyasiga gaz uzatuvchi tarmoqlarning xavfsiz ishlashi yuzasidan vaziyat o‘rganildi.

Jarayon davomida joylardagi mas’ul mutaxassislar bilan mavjud holat, ta’minot barqarorligi va xavfsiz ekspluatatsiya masalalari muhokama qilindi.