“O‘ztransgaz” AJ rahbariyati Qo‘ng‘irotda
Uztransgaz
17.12.2024
Кorxona faoliyati nazorati, zarur tavsiyalar, xotin-qizlar bilan navbatdagi suhbat va murojaatchilar uchun sayyor qabul
Jamiyat rahbariyati mamlakatimiz shimolida joylashgan Qo‘ng‘irot magistral gaz quvurlari boshqarmasidagi ish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Korxonada mavjud qurilmalarning bir maromida ishlashi, iste’molchilarga magistral gaz quvurlari orqali tabiiy gazni uzluksiz yetkazilib berilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni bevosita nazorat qilib, samaradorlikni oshirishga oid qo‘shimcha tavsiyalar berdi.
Shu kuni boshqarmada mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun rahbar bilan suhbat o‘tkazildi. Uchrashuvda dastlab yurtimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilib, davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratilganligi ta'kidlandi. O‘tkazilayotgan sayyor qabul va suhbatlarda xalqning muammolarini eshitish va hal etish uchun joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadi ustuvor ekani haqida to‘xtaldi.
Korxonadagi mehnat jarayonida faol qatnashib, uning hududini yangi qiyofaga olib chiqish yo‘lida hamjihatlikda mehnat qilayotganliklari uchun ishchi-xodimlarga minnatdorchilik bildirdi. “O‘ztransgaz” AJ tomonidan tabiiy gaz tashish jarayonidagi texnologik yo‘qotishlar hajmini kamaytirish maqsadida zamonaviy gaz jihozlari va energiya tejamkor texnologiyalarni tatbiq etish uchun tizimga yangi standartlar joriy etilayotgani to‘g‘risida so‘z yuritildi. Mehnatda yutuqlarga erishayotgan faol xotin-qizlarga sovg‘alar topshirildi.
Rahbariyatning sayyor qabuliga 10 nafar fuqaro murojaat bilan keldi. Murojaatlarning aksariyatida ishga joylashishga amaliy yordam so‘raldi. Barcha murojaatchilar diqqat bilan tinglanib, masalalarning 4 tasi joyida hal qilindi va mualliflarga batafsil tushuntirildi. 6 ta murojaat yuzasidan tegishli tartibda o‘rganishlar o‘tkazish va natijasi bo‘yicha murojaat mualliflariga asoslantirilgan javob xatlari taqdim etish haqida mas’ul xodimlarga topshiriq berildi.