jins

Uztransgaz

22.07.2024


"O‘ztransgaz" AJ rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Jasliq ovulida joylashgan Tuley magistral gaz quvurlari boshqarmasiga tashrif buyurdi. Bu yerda 300 dan ortiq xodimlar mehnat qiladi. Tashkil etilgan uchrashuv esa barcha ishtirokchilar uchun muhim voqea bo‘ldi.

Uchrashuvda, ayniqsa, boshqarmada mehnat qilayotgan ayollar va yoshlarga alohida e’tibor qaratildi. Ular ham  o‘zlarini qiziqtirgan savollar va kundalik ish jarayonida duch kelayotgan muammolari bilan o‘rtoqlashishdi. "O‘ztransgaz" AJ rahbariyati har bir ishtirokchini diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yo‘llarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv davomida xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishdan qoniqish darajasini oshirish asosiy maqsad ekani ta’kidlandi. Bu turdagi muloqot ishchilar va rahbariyat o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga, shuningdek, jamoa ichida ochiq va shaffof munosabatlarni yaratishga imkon beradi.


Возврат к списку