jins

Uztransgaz

08.07.2024

Dastlabki murojaatchi Jizzax viloyati G'allaorol tumanida istiqomat qiladi. Murojaatchi "O'ztransgaz" AJ tasarrufidagi G'allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga ishga kirishga amaliy yordam so'radi. Uning murojaati qabul qilindi va tegishli mas'ullar tomonidan ko'rib chiqiladigan bo'ldi.

Navbatdagi murojaatchi Samarqanddan. Bir necha yillardan beri tizimda faoliyat olib boradi. O'z sog'ligini tiklash uchun jarrohlik operatsiyasiga muhtojligi sababli "O'ztransgaz" AJ jamoa shartnomasiga asosan moddiy yordam so'rab murojaat qildi. Qabul davomida uning murojaati ijobiy hal etildi.

Qabul kuni davomida boshqaruv raisi barcha murojaatlarni diqqat bilan tinglab, ularni tez va samarali hal qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko'rishni bildirdi.

Возврат к списку