"O‘ztransgaz" AJ rahbarlarining murojaatchilar qabuli davom etmoqda
Uztransgaz
05.03.2025
Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari gazlilik fuqaroning murojaatini onlayn shakldagi uchrashuvda tingladi. Nabirasini Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasiga ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy yordam so‘ragan murojaatchining sharoitini hisobga olgan holda uning so‘rovi ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Boshqaruv o‘rinbosari tomonidan Kogon MGQBda o‘tkazilgan sayyor qabulga esa 4 nafar fuqaro murojaat bilan keldi. Ularning 1 nafari boshqarmaga ishga kirish masalasida, boshqarmaning 3 nafar xodimi esa malaka darajasi bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar berilishini so‘rab murojaat qilgan. Uchrashuvda barcha masalalar tinglanib, murojaatlar yechimi bo‘yicha masʼullarga topshiriq berildi.