"O‘ztransgaz" AJ rahbarlarining sayyor qabullari davom etmoqda
Uztransgaz
18.10.2024
Jamiyat boshqaruv raisining o‘rinbosari tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul Kogon MGQBda bo'lib o'tdi. 3 nafar yurtdoshimizning murojaati tinglandi. Barchasi ishga joylashish masalasida amaliy yordam berishni so'rashdi. Murojaatchilarga boshqarmada vakant ish o‘rinlari haqidagi mavjud holat to‘g‘risida ma'lumot berildi. Ishga kirish bo‘yicha amaldagi tartib va qoidalar tushuntirildi.

Boshqarmada shuningdek, 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda iste'molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish barqarorligini ta'minlash maqsadida ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirish masalalariga bag‘ishlab kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tizim uchun mas'uliyat ortadigan mavsumda har kim o‘z vazifasiga yanada e'tiborli bo‘lishi zarurligi ta'kidlandi.