jins

Uztransgaz

09.02.2022

"O‘ztransgaz" AJ tizim modernizatsiyasi jarayonida xalqaro hamkorlar tajribasidan foydalanmoqda. "Schlumberger" xalqaro kompaniyasi bilan imzolangan shartnoma ham shu yo‘lda qo‘yilgan qadamlardan biri. 

"Schlumberger" - magistral gaz quvurlari o‘tkazuvchanlik quvvatlarining aniq gidravlik hisob-kitoblarini onlayn ravishda amalga oshirish imkoniyatini beruvchi litsenziyalangan dasturiy taʼminot va uni joriy etish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi. 

"O‘ztransgaz" AJda ushbu kompaniya vakillari bilan dastlabki amaliy uchrashuvda tizimda joriy etilishi rejalashtirilayotgan "OLGA online" dasturiy taʼminotining imkoniyatlari haqida maʼlumot beruvchi taqdimot o‘tkazildi. Loyihani amalga oshirishga masʼul ishchi guruh ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, dasturiy taʼminotni tatbiq etish grafik-rejasi va bajariladigan ishlar ko‘lami kelishib olindi. Loyihani to‘liq amalga oshirish 2023-yilning 4-choragiga mo‘ljallangan.

Возврат к списку