jins

Uztransgaz

12.08.2025

"O‘ztransgaz" AJ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan "Besh tashabbus" olimpiadasi sport musobaqalarining 1-bosqichida Jamiyat tarkibiy tuzilmalarining jamoalari munosib ishtirok etdi.

Musobaqalar voleybol, mini futbol, shaxmat, shashka va stol tennis kabi sport turlari bo‘yicha o‘tkazilib, qizg‘in va keskin raqobat ruhida kechdi. "O‘ztransgaz" jamoalari barcha yo‘nalishlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalar qayd etdi.

Gazli MGQB — erkaklar o‘rtasida voleybol va shashka bo‘yicha 1-o‘rin

Kogon MGQB — erkaklar voleybolida 1-o‘rin va mini futbolda 2-o‘rin

Muborak MGQB — shaxmatda 1-o‘rin, shashka, voleybol, mini futbol va stol tennis turlarida 2-o‘rin

Zirabuloq MGQB — ayollar va erkaklar voleybol, shaxmat, shashka va stol tennis bo‘yicha 1-o‘rin

"Xo‘jaobod" GYOSI — erkaklar o‘rtasida stol tennis va shashka bo‘yicha 1-o‘rin

"Urganchtransgaz" UK — mini futbolda 3-o‘rin, ayollar stol tennisida 2-o‘rin.

Tuman bosqichidagi g‘alabalar "O‘ztransgaz" AJ xodimlarining nafaqat ishda, balki sportda ham yuqori natijalarga erishishga intilishini, jamoaviy hamjihatlik va iroda namoyon etishini ko‘rsatdi.

Возврат к списку