jins

Uztransgaz

03.03.2022

Jamiyat boshqaruv raisining  "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va obyekt xavfsizligini taʼminlash yuzasidan 2022-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi  buyrug‘iga ko‘ra joylarda  qator tadbirlar o‘tkazilyapti. 

Muborak MGQB KS-0 hududida ishchi-xodimlari ishtirokida  o‘tgan o‘quv-mashg‘ulotda “A” sexidagi gaz haydash agregatidagi  yoqilg‘i tizimining pasayishi oqibatida yuzaga kelgan favqulodda  holatni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi. Amaliyotdan so‘ng erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tahlil qilindi. 

G‘allaorol MGQB  Yangiyer 3B-kompressor stansiyasida esa har haftaning  chorshanba kunlari obyekt ishchi-xodimlari va yong‘in muhofazasi xizmati ishtirokida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib borilmoqda. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Tashkil etilayotgan bu kabi mashg‘ulotlar ishchi-xodimlarning favqulodda holat yuz bergan vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishlari hamda ish jarayonida hushyorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

Возврат к списку