"O‘ztransgaz" AJ tizim korxonalarining loyiha doirasidagi bahorgi tadbirlari davom etmoqda
Uztransgaz
17.03.2025
"Shimoliy So‘x" gazni yer ostida saqlash inshootida bahorgi mavsumda 9 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Bugungi kungacha 2 ming tup ko‘chat o‘tqazildi. Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida yangi bog‘larga tomchilab sug‘orish tizimi yaratildi. Inshootda ko‘chat yetishtirish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi. 50 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirish maqsadida qalamchalar tayyorlanib yerga qadalmoqda. Maqsad, "O‘ztransgaz" AJ korxonalariga tizimli ravishda ko‘chatlar yetkazib berishdan iborat.

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida ham bu xayrli ish uyushqoqlik bilan tashkil qilinmoqda. Boshqarmadagi maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda daraxt ekiladigan joylar tayyorlab olindi. Tadbir davomida 7000 tup saksovul, 2000 tup qayrag‘och, 1000 tup tut ko‘chatlari o‘tqaziladi. Ularni parvarishlash uchun masʼul xodimlar biriktirilgan.