O‘ztransgaz" AJ tizim tashkilotlarida Respublikamiz Mustaqilligining 34 yillik bayrami va "Neft va gaz sanoati xodimlari kuni"ga bag‘ishlangan tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda
Uztransgaz
29.08.2025

Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasida "Transgazinjiniring" MChJ bilan hamkorlikda jamoalar o'rtasida sport musobaqalari va intellektual bellashuvlar tashkil etildi. Ishchi xodimlardan iborat jamoalar sportning voleybol, futbol, stol tennisi va boshqa turlari bo‘yicha oʻzaro kuch sinashdilar.

Samarqand va Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida ham sport musobaqalari hamda bayram tadbirlari o‘tkazildi. Mehnat jamoalari uchun bayram dasturxonlari yozildi.

"Urganchrtansgaz" unitar korxonasida bayram tadbirlarining bir qismi sifatida qishloq-xo‘jalik mahsulotlarining arzonlashtirilgan yarmarkasi tashkillashtirildi. Sarxil meva-sabzavot, go‘sht, va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari keng tanlovda taqdim etish orqali xodimlarga qulayliklar yaratildi.

Bayram tadbirlarida mehnat jarayonida ibrat ko‘rsatgan ishchi xodimlar va sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tashakkurnoma, diplom va Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

