jins

Uztransgaz

27.04.2022

"Shimoliy So‘x" GYOSI Quduqlarni kapital taʼmirlash brigadasi shu kunlarda xizmat safari bilan  “Xo‘jaobod” GYOSIda  bo‘lib turishibdi. Mutaxassislar Xo‘jaoboddagi tabiiy gaz quduqlarini navbatdagi kuz-qish mavsumiga tayyorlash jarayonida ishtirok etmoqda. Guruh aʼzolarining inshootdagi quduqlarni kapital taʼmirlash amaliyoti  hamkasblar bilan tajriba almashish shuningdek malaka oshirishga ham xizmat qiladi. Mutaxassislar "Shimoliy So‘x" GYOSIning maxsus texnika vositalarini ham Andijonga olib borishdi. Har 2 haftada boshqa guruh bilan almashib ishlovchi muhandislarning xo‘jaobodlik hamkasblari bilan birgalikdagi faoliyatini  isitish mavsumiga qadar davom ettirish rejalashtirilgan. 

Quduqlar taʼmiri esa tabiiy gazni zaxiraga yig‘ish hajmini oshirishga va uni qayta olish chog‘ida samaradorlikka xizmat qiladi.




Возврат к списку