“O‘ztransgaz” AJ tizimida doimiy ishchi guruh faoliyat boshladi
17.01.2022
Boshqaruv raisining 2022-yil 5-yanvardagi buyrug‘iga ko‘ra tarkibiy bo‘linmalarida gaz transport tizimi inshootlarida ishlarni “Magistral gaz quvurlarni ekspluatatsiya qilish qoidalari” va “Magistral gaz quvurlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari”ga muvofiq to‘g‘ri tashkil etilganlik holatini o‘rganish maqsadida doimiy ishchi guruh tuzildi. Guruh tomonidan yil davomida o‘rganish grafigiga asosan bajariladigan vazifalar belgilab olingan.

2022-yil 10-15 yanvar kunlari “O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi Muborak MGQBda ishchi guruh o‘rganish ishlari olib borildi. Boshqarmaga qarashli magistral gaz quvurlari, gaz taqsimlash stansiyalari, elektr kimyoviy himoyalash, kompressor stansiyasi xizmatlarining hamda avtotransport va maxsus texnikalar faoliyati, xizmatlarda hujjatlar yuritilishi va joyiga chiqqan holda inshootlarning joriy holati o‘rganildi. Mavjud natijalar bo‘yicha tegishli dalolatnoma va maʼlumotnoma rasmiylashtirildi.
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari v.v.b O‘.Nuriddinov raisligida ishchi guruh aʼzolari, Muborak MGQB muhandis-texnik xodimlari va kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolari ishtirokida texnik yig‘ilish o‘tkazildi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatilib, bartaraf etish choralari belgilandi va ishlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘.Nuriddinov Muborak MGQBda fuqarolar uchun sayyor qabulni ham o‘tkazdi. Unda 2 nafar ishchi o‘z muammolarini rahbariyatga bayon qildi. Muammolar bilan batafsil tanishib, ularning yechimi yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriq berildi va ijrosi nazoratga olindi.