"O‘ztransgaz" AJ tizimida energiya samaradorligi borasidagi ishlar
Uztransgaz
19.09.2024
"O‘ztransgaz" AJ tizimida energiya samaradorligi borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tizim korxonalariga o‘rnatilgan quvvati 2,9 MW quyosh panellarida kuniga 12 ming kVt.S gacha elektr energiyasi generatsiya qilinmoqda. Yil boshidan buyon quyosh panellarida 2,585 mln. kVt. soat yoki 2,326 mlrd so‘mlik elektr energiyasi ishlab chiqarildi. 2024-yilda bu yo‘nalishda olib borilgan chora-tadbirlar hisobiga 87,6 mln. kVt.soat elektr energiyasi tejaldi. Bu ko‘rsatkich umumiy isteʼmolning 17,5% tashkil etadi.
Joriy yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga 5,66 mln. kVt.soat elektr energiyasini iqtisod qilish rejalashtirilgan. Yanvar-avgust oylarida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmi 4,2 mln. kVt.soatni tashkil etdi.
Videomaterialda "Urganchtransgaz" unitar korxonasida energiya samaradorlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z boradi.