jins

Uztransgaz

04.08.2023

O‘tayotgan har bir kun bizni mustaqillikka erishgan sananing 32 yillik bayrami sari yaqinlashtirmoqda! Bunday fursatlarda o‘tgan davr mobaynida  erishilgan natijalarga bir nazar tashlash,  o‘zini shu yurt taqdiriga dahldor deb bilgan har bir yurtdoshimizning ko‘nglidagi istak ekani tabiiy. Keyingi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yirik quvvatlar ishga tushirilib, mavjudlari modernizatsiya qilinmoqda. Bu ko‘rsatkichlar raqamlarda ifodalanganida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. 

So‘nggi yillarda "O‘ztransgaz" AJ magistral gaz transport tizimida samaradorlikni oshirish maqsadida yangi qurilishlar, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar natijasida tarmoqning texnik imkoniyatlarida ijobiy ko‘rsatkichlar ko‘zga tashlanadi. "O‘ztransgaz" AJ Axborot xizmati har bir yo‘nalish misolida ayni jarayonni yoritib borishni rejalashtirgan. 

Dastlabki infografika "O‘ztransgaz" AJ tizimida mavjud gaz taqsimlash stansiyalari haqida.

Возврат к списку