jins

Uztransgaz

14.03.2025

 Joriy yilda Urganch magistral gaz quvurlari boshqarmasining "Sarimoy" sanoat maydonchasiga quvvati 100 kVt bo‘lgan quyosh foto elektr stansiyasi o‘rnatib ishga tushirildi. 2025-yil boshidan 23 128 kVt soat elektr energiyasi yangi stansiyada ishlab chiqarildi. 

"Qo‘ng‘irot" texnik suv taʼminot boshqarmasi sanoat maydonchasi nasos stansiyasiga ham quvvati 100 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatib ishga tushirildi. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi  27 312 kVt soatni tashkil etdi.

Tuley magistral gaz quvurlari boshqarmasi sanoat maydonchasida joylashgan isitish tizimi uchun o‘rnatilgan eski turdagi suv nasoslari yangi tipdagi energiya samarador 18,5 kVt quvvatli qurilmalarga almashtirildi va bugungi kunga qadar  177,6 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. 

Yangi stansiya va qurilmalarning o‘rnatilishi natijasida 2025-yil boshidan buyon 3 ta korxonada 228 500 kVt soatga yaqin elektr energiyasi iqtisod qilindi.

Возврат к списку