jins

Uztransgaz

21.12.2023

Uning talablari korxonalardagi muhandis va texnik xodimlarga o‘rgatildi. Shu kunlarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda yangi nizom bo‘yicha to‘liqroq ma'lumotlar berilyapti. 

Gazli va Zirabuloq MGQBda bo‘lgan tadbirlarda bilimlar sinovi ham o‘tkazildi. Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi vakili ishtirokidagi tadbirda xodimlar bilishi zarur bo‘lgan ko‘nikmalar baholab borilmoqda. 

Joriy ish rejimi bo‘yicha og‘zaki aniq maʼlumot bera olish, maxsus ish kiyimlarida bo‘lish, shaxsiy va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni, saqlanadigan jihozlar joyi va vazifasini, avariya holatlarida dastlabki harakatlarni bajara olish hamda maxsus jihozlardan foydalanishni bilish ishchi xodimlar bilishi zarur jihatlar. Ular shuningdek, evakuatsiya sxemasini, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish usullarini, birinchi yordam choralarini va eng zarur dori-darmon vositalarini, bosim ostida ishlaydigan ballonlarga qo‘yilgan talablarni bilishi, o‘t o‘chirish vositalaridan foydalana olish  kabilarni ham yodda saqlashi kerak!



Возврат к списку