“O‘ztransgaz” AJ tomonidan bekobodlik yoshlarga manzilli yordam ko‘rsatildi
Uztransgaz
16.09.2025
Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning “mahalla–tuman–viloyat–respublika” mexanizmi joriy etilib, “yoshlar balansi” asosida har bir yosh bilan individual ishlash amaliyoti davom etmoqda. “O‘ztransgaz” AJ ham mazkur jarayonlarda faol ishtirokchi.
Jamiyat rahbariyatiga Bekobod tumanidagi “Yangi Hayot”, “Yoshlik”, “Parchayuz”, “Dehqonobod” va “Paxtakor” mahallalaridan biriktirilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy salohiyatini oshirish hamda o‘z-o‘zini band qilishida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Kuni-kecha shu yoshlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida homiylik asosida zarur texnika vositalari yetkazib berildi.