jins

Uztransgaz

15.01.2022

Turkiyaning "BOTAŞ BORU HATLARI İLE PETROL TAŞIMA A.Ş." korporatsiyasi neft-gaz sohasida faoliyat yurituvchi tajribali xalqaro kompaniyalardan biri. "O‘ztransgaz" AJ o’z faoliyatini takomillashtirish maqsadida ushbu kompaniya bilan hamkorlikni yo’lga qo’ymoqda. Shu kunlarda kompaniya vakillari yurtimizda bo’lib, "O‘ztransgaz" AJ boshqaruv raisi B.Narmatov boshchiligidagi mas’ullar bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan tadbirlar to'g’risida so’z bordi. 


Belgilab olingan yo’nalishlarni amalga oshirish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida “O‘ztransgaz” AJ gaz uzatish tizimining muhim uchastkalaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish, gaz quvurlari va kompressor stansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish, yer osti omborlarida tabiiy gaz saqlash hajmini ko'paytirish, tabiiy gaz oqimini kuzatish va nazorat qilish tizimi (SCADA)ni joriy etish hamda yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlariga avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish kabi vazifalar amalga oshiriladi. 


Turkiyalik hamkorlar Toshkentga tashrif doirasida "O'ztransgaz" AJ tizimidagi muhandislik inshootlarini bevosita ko’zdan kechirishdi.



Возврат к списку