jins

Uztransgaz

13.10.2021

Keyingi paytlarda "O‘ztransgaz" AJ tomonidan  Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va aholi iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlashni barqarorlashtirish, sohada moliyaviy sog‘lomlashtirish va boshqaruv tizimni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Ma'lumki, "O'ztransgaz" AJ zimmasida gaz uzatish tizimining muhim uchastkalaridagi to'siqlarni bartaraf etish, gaz quvurlari va kompressor stantsiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish, er osti omborlarida tabiiy gazni saqlash hajmini ko'paytirish, tabiiy gaz oqimini kuzatish va nazorat qilish tizimi ("SCADA")ni joriy etish hamda yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlariga avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali  tarmoqning tranzit salohiyatini rivojlantirish kabi  vazifalar turibdi. 

"O'ztransgaz" AJ shu kabi muhim vazifalarni amalga oshirishda  Turkiyaning neft-gaz sohasida  katta tajribaga ega bo'lgan BOTAŞ BORU HATLARI İLE PETROL TAŞIMA A.Ş. kompaniyasi  bilan  hamkorlikni yo'lga qo'ydi. Shu kunlarda Turkiya kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya O'zbekistonda bo'lib turishibdi. 

Tashrif doirasida "O'ztransgaz" AJ rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda "O'ztransgaz" AJ boshqaruv raisi B.Narmatov  mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi. Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida so'z yuritdi. BOTAŞ BORU HATLARI İLE PETROL TAŞIMA A.Ş. kompaniyasi rahbari Talha Pamukci  ham o'z navbatida samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. O'zaro manfaatli hamkorlikdan mamnun ekanligini aytdi. Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikka oid Memorandumning imzolanishi esa aloqalarni mustahkamlashda dasturil-amal bo'lib xizmat qiladi. 








Возврат к списку