jins

Uztransgaz

14.03.2020

2.jpgTadbirning dastlabki kuni ishtirokchilar “Urganchtransgaz” UK tasarrufidagi ishlab chiqarish korxonalariga bordilar. Dastlabki manzil: ”Texnik ishlab chiqarish, butlash boshqarmasi”. Bu yerda ayni kunda 212 nafar xodim mehnat qiladi. Korxona tomonidan magistral gaz tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish bilan birga, ko‘plab xalk iste’moli mahsulotlarni korxonaning uzida ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Qurilish mahsulotlari, xizmatchilar uchun uniformalar tikish, qog‘oz qadoqlash sexi faoliyati fikrimizga misol bo‘la oladi.

Anjuman ishtirokchilarining Qurilish boshqarmasiga tashrifi davomida ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishuv bo‘ldi. Bu yerda qurilish jarayoni uchun zarur bo‘lgan ohak va keramzit ishlab chiqarilmoqda. Gaz taqsimlash punktlari uchun ko‘chma “Operator uy”larini tayyorlash ham yo‘lga qo‘yilgan.

Kurilish boshkarmasi faoliyatini yanada yaxshilash, mexnat unumdorligini oshirish maksadida, korxonaga 3 ta yangi maxsus kurilish texnikalari keltirildi va Boshqaruv raisi U.Sayidov ushbu texnikalar kalitini o‘z kasbining ustalariga topshirdi.

3.jpgBularning barchasi tizimda rivojlantirish, modernizatsiya jarayonini jadallashtirish maqsadida qilinayotgan harakatlardir.

Navbatdagi manzil: Ishlab chiqarish texnologiyalarini ta’mirlash sexi. Ma’lumki, gaz transporti tizimida yirik kompressor stansiyalari, gaz xaydash dvigatellari, gaz taqsimlash punktlarisiz jarayonni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu yirik tarmoqda mavjud texnik qismlar ta’miri – konveyer misoli to‘xtovsiz amalga oshirib turilishi zarur. Tizimdagi korxonalardan malaka oshirish kurslariga keluvchi mutaxassislari ham amaliyotni shu korxona sexlarida o‘taydilar. Bu yerda ta’mirlash ishlari bilan birga gaz kotellari, turli sig‘imdagi sisternalar, akfa eshik-romlar, elektrod ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку