“O‘ztransgaz” AJ va Jahon banki hamkorligida “O‘zbekistonda gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasi doirasida workshop o‘tkazildi
Uztransgaz
16.04.2026
“O‘ztransgaz” AJ va Jahon banki hamkorligida “O‘zbekistonda gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasi doirasida workshop o‘tkazildi
Ikki kunlik amaliy tadbirda vazirliklar, “O‘ztransgaz” AJ masʼullari hamda hududlardagi kompressor stansiyalarning vakillari ishtirok etdi.

Workshopda gaz sizib chiqishlarini aniqlash va ustuvorlik asosida bartaraf etish mexanizmlari, metan emissiyalarini kamaytirish hamda ushbu jarayonlarni samarali boshqarish uchun zamonaviy MRV (Monitoring, Reporting and Verification - Monitoring, hisobot berish va tekshirish) tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Natijada barcha asosiy masalalar atroflicha muhokama qilindi, ishtirokchilar o‘rtasida faol savol-javoblar o‘tkazildi hamda loyiha doirasida amalga oshiriladigan keyingi amaliy qadamlar aniq belgilab olindi.

Ushbu loyiha “O‘ztransgaz” AJ tizimida gaz sizib chiqish holatlarini kamaytirish orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanish, amaliyotlar jarayonida samaradorlikni oshirish hamda iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi.