"O‘ztransgaz" AJ va TDTU hamkorligi yo‘lga qo‘yildi
Uztransgaz
04.12.2023
Hozir “O‘ztransgaz” AJ tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning 12 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat. Ularning 600 nafarga yaqini o‘rta-maxsus va o‘rta maʼlumotga ega bo‘lgan yoshlar. Ularni soha yo‘nalishi bo‘yicha oliy taʼlim muassasalarida sirtqi va kechki taʼlim shaklida tahsil olishini tashkillashtirish maqsadida “O‘ztransgaz” AJ va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohasi hamda personalni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida TDTU "Neft va gaz ishi" yo‘nalishga sirtqi va kechki, shuningdek, 5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun gaz transport tizimiga mos yo‘nalishlarini ochish, talabalarning amaliyotini “O‘ztransgaz” AJ tizimida tashkillashtirishga kelishib olindi. Shuningdek, memorandumning hamkorlik sohasida vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi ham imzolandi. TDTUning professor o‘qituvchilarini “O‘ztransgaz” AJ “UTG training” o‘quv markazi faoliyatiga, Jamiyat tizimidagi ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni esa universitetning soha yo‘nalishidagi o‘quv jarayonlariga jalb qilish mexanizmini yaratishga kelishib olindi.