jins

Uztransgaz

16.09.2025

“Bukhara Night Race” — bu tungi poygalar davomida ko‘hna shaharning go‘zalligidan bahra olish hamda katta madaniy voqeaning ishtirokchisiga aylanish imkoniyatidir. Buxoroda 2022-yildan buyon shu nomdagi tungi yugurish musobaqalari o‘tkazib kelinadi. Ishtirokchilar tarixiy markazdagi Ark qal’asidan boshlab, qadimiy shaharning charog‘on ko‘chalari bo‘ylab — madrasayu masjidlar, Minorai Kalon va savdo gumbazlari yonidan yugurib o‘tadilar. 

Bu yilgi tadbir ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Musobaqalarda "O‘ztransgaz" AJ vakillari ham ishtirok etishdi. Buxorodagi yugurish musobaqalari bu gal — butun dunyodan tashrif buyurgan rassomlar va hunarmandlarni birlashtiruvchi birinchi Buxoro biyennalesi bilan bir vaqtda o‘tkazildi.

Возврат к списку