“O‘ztransgaz” AJ xodimi Muhabbat Sobirova — “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sohibasi!
Uztransgaz
15.05.2025
15-may — Xalqaro oila kuni arafasida “O‘ztransgaz” AJ xodimi Muhabbat Sobirova “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur nishon Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova tomonidan tantanali ravishda topshirildi. “Ibratli oila” ko‘krak nishoni — oila institutini mustahkamlash, oila qadriyatlarini asrash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, farovon va barqaror hayot tarzini namuna sifatida ko‘rsatib kelayotgan oilalarga beriladi.
“O‘ztransgaz” AJ xodimi sifatida fidokorona mehnat qilayotgan, ijtimoiy hayotda faol va mehr-oqibatli oila boshlig‘i sifatida tanilgan Muhabbat Sobirova ushbu yuksak e’tirofga munosib topilgani butun jamoamiz uchun faxr.
“O‘ztransgaz” AJ nomidan Muhabbat Sobirovani tabriklaymiz hamda unga kelgusi faoliyatida va oilaviy hayotida muvaffaqiyatlar tilaymiz.