jins

Uztransgaz

22.07.2025

"O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil uchun tasdiqlangan xodimlar malakasini oshirish reja-jadvaliga muvofiq, "UTG Training" o‘quv markazida turli yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish kurslari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

2025-yil 7-iyul sanasidan boshlab "Avtomobil kranlari mashinistlari" yo‘nalishida malaka oshirish kurslari dars jadvaliga muvofiq nazariy shaklda olib borilmoqda.

Shuningdek, "Texnologik kompressorlar mashinisti" hamda "Gaz taqsimlash stansiyasi operatorlari" yo‘nalishlarida o‘quv mashg‘ulotlari nazariy va amaliy shakllarda tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy uslubda mustahkamlab bormoqda.

Bundan tashqari, "Qozonxona operatorlari" yo‘nalishida 80 soatlik malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur o‘quv kurslari "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda.

Возврат к списку