O‘ztransgaz" AJ xodimlari millat fidoyilari xotirasi majmuasiga tashrif buyurdilar
Uztransgaz
25.08.2025
Energetika vazirligi va "O‘ztransgaz" AJ ishchi-xodimlari poytaxtimizdagi — “G‘alaba bog‘i” va “Millat fidoyilari” majmualarini ziyorat qildilar. “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Soha vakillari Vatan ozodligi, tinchligi va istiqloli yo‘lida jasorat ko‘rsatgan, qurbon bo‘lgan mard va jasur yurtdoshlarimiz xotirasini yod etdilar. Yodgorlik majmualarida yaratilgan ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirib, ular bilan bog‘liq hikoyalarni tingladilar.

Tizim xodimlari bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yurt tarixi va fidoyi yurtdoshlar xotirasini asrab-avaylash, yoshlar qalbida vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyatiga ega ekanini taʼkidlashdi. Maʼrifiy tadbir taassurotlarga boy va esda qolarli bo‘ldi.
