"O‘ztransgaz" AJ xodimlari xalqaro konferensiya yig‘ilishida ishtirok etishdi
Uztransgaz
23.02.2026
"O‘ztransgaz" AJ Transformatsiya ofisi hamda Ekologiya va atrof muhit muhofazasi bo‘limi xodimlari yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo masalalariga bag‘ishlangan SITES Konvensiyasi Tomonlar Konferensiyasining 20-yig‘ilishida (SoP20) ishtirok etishdi. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan ushbu Konferensiya 5 dekabrgacha davom etadi.

Mutaxassislarimiz flora va fauna turlarining maqomini muhokama qilishga bag‘ishlangan sessiyalarda, shuningdek Markaziy Osiyoda biologik xilma-xillikni saqlash va iqlim o‘zgarishi masalalariga oid muhokamalarda qatnashdilar. Konferensiya doirasida hamkasblarimiz IUSN (MSOP)ning Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari bilan suhbatlashib, hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini muhokama qilishga ham muvaffaq bo‘lishdi.

"O‘ztransgaz" AJ mas'ullari uchun bu tadbirda ishtirok etish muhim hisoblanadi. Boisi, kelgusi yilda tizim obyektlarida biologik xilma-xillikni monitoring qilish va uni saqlash bo‘yicha tadbirlarni boshlash rejalashtirilmoqda.