jins

Uztransgaz

09.07.2025

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil uchun tasdiqlangan malaka oshirish reja-jadvaliga muvofiq, jamiyat xodimlari uchun “UTG Training” o‘quv markazida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etildi.

Xususan, “Texnologik kompressorlar mashinisti” yo‘nalishi bo‘yicha 3-razryad malakasini oshirish kursi o‘tkazildi. 160 soatga mo‘ljallangan ushbu kurs davomida ishtirokchilar sohaga oid zarur nazariy bilimlarni egallab, amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashdi.

Shuningdek, “Yer osti quvurlarini korroziyadan himoya qilish montyorlari” yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun 4-razryad malakasini oshirish o‘quv kursi amalga oshirildi. 144 soatlik o‘quv dasturiga asosan mashg‘ulotlar yuqori saviyada olib borildi.

Mazkur kurslar zamonaviy o‘quv metodikalari asosida tashkil etilib, ishtirokchilarga kasbiy salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish va xavfsizlik qoidalari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash imkonini berdi.

“O‘ztransgaz” AJ xodimlarining kasbiy rivojlanishi doimiy e’tibor markazida bo‘lib, bunday malaka oshirish kurslari kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Возврат к списку