"O‘ztransgaz" AJ xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha sayyor o‘quvlar Qo‘ng‘irotda davom etdi
Uztransgaz
25.04.2025

"UTG training" o‘quv markazi o‘qituvchilari tomonidan Qo‘ng‘irot magistral gaz quvurlari boshqarmasi xodimlari uchun sayyor o‘qishlar tashkil qilindi. 2025-yilgi reja doirasida boshqarmaning o‘zida o‘tkazilgan navbatdagi 40 soatlik kurslarda bu safar xavfli yuklarni tashuvchi avtotransport haydovchilari malaka oshirishdi. Darslarda xavfli yuklarni tashish jarayonida eʼtibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar haqida batafsi maʼlumot berildi.
