"O‘ztransgaz" AJ xodimlarining malakasini oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi
Uztransgaz
02.05.2025
"O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil uchun tasdiqlangan xodimlar malakasini oshirish reja-jadvaliga muvofiq, 2025-yil 7-apreldan boshlab "UTG training" o‘quv markazida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazildi.

Xususan, "Elektr uskunalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish elektromontyori" hamda "Tarmoq quvur o‘tkazuvchisi" yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar uchun mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etildi.

Mazkur kurslarning asosiy maqsadi xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarishdagi zamonaviy texnologik talablar asosida ularning malakasini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.