jins

Uztransgaz

17.01.2025

   "O‘ztransgaz" AJ O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tabiiy gazni tashish va saqlash, shuningdek, uni tranzit orqali yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya hisoblanadi.
   Xorijiy maslahatchi lavozimini egallash bo‘yicha nomzodlarga quyidagi malakaviy talablar qo‘yiladi:
     • muhandislik, iqtisodiyot yoki energetika yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
     • xalqaro gaz transport yoki neft kompaniyalarida (ayniqsa tabiiy gaz tashish sohasida) kamida 10 yillik ish tajribasi (shu jumladan, 5 yil rahbar lavozimida);
     • tabiiy gaz quvur transporti sohasida xalqaro standartlar va me’yorlarni bilish, tabiiy gazning xalqaro bozorlarini tushunish;
     • magistral gaz quvurlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishning texnik jihatlarini bilish;
     • gaz transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha strategik rejalarni ishlab chiqish ko‘nikmalari;
     • kompaniyaning ustuvor xalqaro reyting va indekslarni olishi, ulardagi o‘rnini yaxshilash, ushbu yo‘nalishda ish samaradorligiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘nikmalari;
     • turli faoliyat sohalarini tartibga solishga qaratilgan mahalliy hujjatlar va ularning loyihalariga ustuvor xalqaro reyting va indekslarga ta’sir nuqtayi nazaridan kompleks baho berish;
     • ingliz va rus tillarini bilish (o‘zbek tilini bilish maqsadga muvofiq).
   Bazaviy ko‘nikmalar:
     • tizimli (strategik) fikrlash, o‘zgarishlarni boshqarish va kompaniya istiqbollari va xavflarini tanqidiy baholash;
     • davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlik qilish;
     • xizmat vaqtini samarali rejalashtirish va natijaga erishish;
     • tahliliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash;
     • muloqot qilish qobiliyati;
     • professional darajasini yaxshilash;
     • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalar.
   Maqsadga muvofiq hisoblanadi:
     • muloqotga kirishuvanlik, mas’uliyat, korporativ madaniyat an’analariga sodiqlik, halollik, shuningdek, oldingi ish beruvchilar yoki mijozlar tomonidan berilgan tavsifnomalar mavjudligi.

   Bandlik: to‘liq, ish rejimi har kuni 9:00 dan 18:00 gacha, shanba va yakshanba dam olish kunlari.
   Ish joyi: "O‘ztransgaz" AJ, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85a.
   Maosh: suhbat jarayonida kelishiladi.
   
   Qiziqish bildirgan nomzodlar 2025 yil 31 yanvarga qadar qisqa motivatsion xat va rezyumeni a.kaipbergenov@utg.uz elektron manziliga yuborishi so‘raladi.
   Aloqa uchun telefon: 99 010-45-43.

Возврат к списку