jins

Uztransgaz

13.09.2022


Respublikamiz Mustaqilligining 31 yilligi arafasida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan "Ayolga saodat bering" nomli ijtimoiy roliklar tanlovi o‘tkazildi. Mehnat jamoalarida ayollarga oid davlat siyosatini targ‘ib etish, xotin-qizlar hayotidagi muammolardan ogoh bo‘lish va zarur paytda tegishli yordamlar ko‘rsatish, boshlang‘ich tashkilotlarda amalga oshirilgan ijtimoiy ko‘mak va qo‘llab-quvvatlash ishlarini keng yoritish va munosiblarni rag‘batlantirish kabilarni maqsad qilgan tanlov yakuni tantanali tashkil etildi.

Vazirlik va idoralar, nodavlat-notijorat tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda “O‘ztransgaz” AJning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti ham tizimda olib borilayotgan tadbirlar aks ettirilgan videorolik bilan ishtirok etdi va faollar safida taqdirlandi.
  

Возврат к списку