"O‘ztransgaz" AJ xotin-qizlari "Xon atlas" chellenjida!
28.09.2023
Milliy qadriyatlar haqida gap ketar ekan milliy matolarimizdan xushbichim qilib tikilgan liboslar ham ko‘z oldimizga keladi. Kamalakdek jilolanadigan ipak matolar har qanday xotin-qizlarimizni go‘zal malaklarga aylantira oladi. Momolarimiz tomonidan bunday matolarni eʼzozlab kelingani ham bejiz emas. Zero toza ipak va paxta iplaridan tayyorlanuvchi atlasu adraslarimiz ayollarga go‘zallik baxsh etibgina qolmay, salomatlikka foydali ekani, havo o‘tkazuvchanligi va tanaga xush yoquvchi muloyimligi bilan ham boshqa matolardan farq qiladi.
Mamlakatimizda anʼana tusini olayotgan "Xon atlas" festivali esa milliy matolarimizni qadrlash, ular go‘zalligini namoyon etish orqali kelgusi avlodlarga yetkazishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki, tadbir bahona ko‘pchiligimizning kiyim javoniga yana bir sidra atlas yokida adras liboslar qo‘shilgani bor gap.
"O‘ztransgaz" AJ tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlar ham ushbu chellenjga o‘ziga xos tayyorlandilar. Ular chehrasidagi go‘zallik ortidan paydo bo‘lgan xush kayfiyat esa boshqa ko‘ngillarga ham ko‘chgani bor gap!