jins

Uztransgaz

13.03.2020

Anjuman o‘z nomi bilan “Yoshlar anjumani”. Uchrashuv qizg‘in munozara va muhokamalarga boy o‘tmoqda. Zero, bunga imkoniyat yaratildi. Yoshlar o‘zlarini qiynab turgan masalalar haqida jamiyat boshqaruvi rahbari U.Sayidov bilan bemalol suhbatlashishmoqdalar.

 Ta’kidlash joizki, 2019 yilning 26 sentabr kuni Boshqaruv raisi tizim yoshlari bilan “Ugam” oromgohida uchrashib, mavjud muammolar haqida tanishgan, yoshlarning takliflarini eshitgan edi. Oradan salkam yarim yil vaqt o‘tdi. “O‘ztransgaz” AJ Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari uchun oylik maoshiga 20% qo‘shimcha rahbatlantirish joriy etildi. Yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan rejalar tasdiqlanib, amalga oshirilishi bo‘yicha barcha mas’ullarga topshiriq berildi.

Urganchda o‘tayotgan uchrashuvda “Ugam oromgohi”da o‘tkazilgan muzokarada bildirilgan takliflar bo‘yicha oradan o‘tgan vaqt ichida nimalar qilindi?  Ilgari surilgan tashabbuslar ijrosi qanday bo‘ldi? - degan savollarga e’tibor qaratilmoqda. Zero, taklif bildirilsayu, uning ijrosi ta’minlanmasa, bunday uchrashuvlardan samara bo‘lmaydi. Berilgan hisobotlarga qaraganda yoshlar tomonidan bildirilgan takliflarning ijrosi ko‘ngildagidek emas. Shu bois, ijro bo‘yicha xodimlarga mas’uliyatni oshirish bo‘yicha topshiriq berildi.

 3.jpgAnjumanda tizimda mavjud 10ta korxonadan kelgan barcha vakillar navbati bilan o‘zlarida mavjud muammolar va ularning yechimi to‘g‘risidagi takliflari bilan chiqishdi. Muhim takliflar; tizimga IR texnologiyalarini joriy etishni tezlashtirish, yangi innovatsiya texnologiyasini joriy etib energiya sarfini 2 barobarga kamaytirish, yoshlarni tizimdagi korxonalarga o‘zaro tajriba almashish uchun yuborish, eskirgan telemexanikalarni yangilash, mamlakatimizda xorijiy hamkorlar tomonidan bunyod etilayotgan Neftgaz korxonalariga borib jarayonni kuzatish, sohaga yosh xodimlarni ko‘proq jalb etish, ustoz-shogirdlar o‘rtasida tizim korxonalariaro musobaqalar tashkil etish, mahoratli va tashabbuskor yoshlarni keyingi bosqichlarda o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash, kutubxonalarga zamonaviy adabiyotlar keltirish, sport o‘yingohlarini qurish, borlarini ta’mirlash kabilarni keltirishmoqda.

             Bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan xodimning rahbariga qat’iy topshiriqlar qo‘yilmoqda. Uchrashuv yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, ijrosi “O‘ztransgaz”AJ rahbariyati tomonidan qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi. Tadbirda ilg‘or xodimlardan bir guruxi taqdirlandilar. Anjuman qizg‘in tusda davom etmoqda…

               “O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку