jins

Uztransgaz

07.08.2023


Dildan suhbatlar, kreativ fikrlar va faoliyatni takomillashtirishga oid yangi tashabbuslar..."O‘ztransgaz" AJ yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida "Chorvoq oromgohi"da bo‘lib o‘tgan forum ana shunday g‘oyalarni ilgari surish uchun o‘ziga xos platforma, aslida.

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparati va tizim korxonalaridagi yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlarining a’zolari va faollari ishtirok etgan forum doirasida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Shiddatli kechgan bahs g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 

Rang barang tadbirlarga boy forum doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ham tashkil etildi. Unda yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, faoliyatni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar bildirishdi.

Возврат к списку