"O‘ztransgaz" AJ yoshlari har jabhada faol
Uztransgaz
15.08.2024
Ular orasida muhandislar, iqtisodchilar, zamonaviy komрyuter texnologiyalarini mukammal egallagan yigit-qizlar talaygina. Shuningdek yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdori. Mana ulardan biri.

Kamronmirzo Mahmudov - "Transgazmaxsusqurilish" AJ "Ishlab chiqarish va texnik muvofiqlashtirish" bo‘limi bosh mutaxassisi. Kamronmirzo Mahmudov gaz tashish tizimlari sohasida istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshiribgina qolmay, ekstremal sport tadbirlarida ham faol qatnashadi. Yaqinda u "Racenation-2024" musobaqasida ishtirok etdi. Olmaotada bo‘lib o‘tgan sinovlarda ishtirokchilar turli darajadagi to‘siqlarni yengib o‘tishdi.

Qahramonimiz “Elite 10”da qatnashib, 43 ta to‘siqdan iborat, uzunligi 10 km masofani muvaffaqiyatli yengib o‘tib, musobaqani “Finisher” sifatida yakunladi va orziqib kutgan medalni qo‘lga kiritdi.

"Racenation" — bu insonlarning jismoniy imkoniyatlari va irodasini sinab ko‘rishi uchun imkon beruvchi o‘ziga xos loyiha. Unda munosib ishtirok etgan Kamronmirzo matonat va qat’iyat uning nafaqat kasbiy, balki shaxsiy fazilatlari ekanligini isbotladi.