jins

Uztransgaz

03.06.2024

Bu yil “Samarqand Marafoni” xalqaro xayriya poygalari turkumiga 5 yil to‘ldi. Uning doirasida joriy yilning ilk tadbiri "Zomin ultra – 2024"  xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi. Dengiz sathidan qariyb 2.5 ming metr balandlikda tashkil etilgan va minglab sport ixlosmandlarini bir manzilga jamlagan tadbir ishtirokchilari 2,10, 21 va 50 km masofalarga yugurish musobaqalarida qatnashdilar. 

"O‘ztransgaz" AJ vakillari ham xalqaro tadbirda ishtirok etishdi. Zomin milliy tabiat bog‘ining ajoyib manzaralari va toza havosidan bahramand holda tog‘ yo‘llarida yurishlar, konsert dasturlari hamda ekologik mavzuga ham alohida eʼtibor qaratilgan tadbir - ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


Возврат к списку