jins

Uztransgaz

07.02.2024


“Urganchtransgaz” UKda o‘tgan tadbirda Mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi 8-sonli Farmoni va shu sanadagi 8-sonli Qarorining mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Farmonga ko‘ra, joriy yil 1-martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi. Turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sug‘urta qilish tartibini joriy qilish orqali “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish bekor qilinadi. 2025-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini bajarish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi.

Prezidentning 9-yanvardagi 8-sonli Qaroriga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo'lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi. Hujjatda tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma'lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi. Endi hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

Возврат к списку