"O‘ztransgaz" AJda jamiyat Boshqaruv raisi B.Narmatov boshchiligida tizim korxonalarining rahbarlari ishtirokida videokonferensiya o‘tkazildi
Uztransgaz
14.06.2022
Yig'ilishda Respublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan jihatlarga e'tibor qaratildi. Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda chora-tadbirlar ishlab chiqish bo'yicha fikr almashildi.

Ta'kidlanganidek, Prezident raisligida o'tgan videokonferensiyada -muqobil energiya uskunasini o'rnatgan aholi va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishi, Energetika vazirligining maxsus jamg'armasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar va hududlardagi sotuvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzishi, ishlab chiqaruvchilarning aholi va tadbirkorlarga uskunalarni bo'lib-bo'lib to'lashga berish xarajatlarini qoplab berishi kabi vazifalar belgilandi. Vazirlik va idoralarda elektr va issiqlik energiyasi xarajatlarini kamida 30%ga qisqartirish bo'yicha dastur ishlab chiqilishi ham nazarda tutilmoqda.
"O‘ztransgaz" AJ tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan video konferensiyada ham bu vazifalarni qay tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiqligi borasida fikr almashildi. Har bir korxona va boshqarma inshootlari hovlisi va binolar ichkarisini yoritish uchun zarur elektr energiyasini muqobil energiya qrilmalarini o'rnatish hisobiga taʼminlash uchun aniq tadbirlarni ko‘zda tutuvchi takliflar ishlab chiqish va bunda sifatli qurilmalardan foydalanishga e'tibor qaratish zarurligi ta'kidlandi.
Boshqaruv raisi B.Narmatov yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalada aniq chora-tadbir rejasini taqdim etish, shuningdek ishlab chiqarish faoliyatida samaradirlikka e'tibor qaratish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.